date

Bu yil qish qanday keladi?

Bu yil qish qanday keladi?

Kuz o‘zining so‘nggi pallasiga kirdi, ammo tabiatdagi holat hali ham o‘ziga xos iztirobni aks ettirmoqda. Oktyabr oyi shiddat bilan quruq o‘tishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi ob-havo sharoiti va namlik yetishmasligi qish mavsumiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, odatda oktyabr oyi yer namligi tiklanadigan davr hisoblanadi, ammo bu yil vaziyat butunlay boshqacha kechmoqda.

«Odatda bu oyda yerga tabiiy ravishda namlik tushishi lozim, ammo bu yilda bu jarayon deyarli sezilmayapti. Yilimiz juda quruq keldi. Nam havo oqimlarning quvvati ham ancha pas — tabiat go‘yo suvsiz qolgandek», dedi olim.

Uning fikricha, bunday sharoit qishloq xo‘jaligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Asosiy ekin maydonlari va yaylovlardagi holat yomonlashgan, ayniqsa lalmi yerlar namliksiz qishga kirmoqda.

«Qishloq xo‘jalik yerlarida oktyabr oyida me’yor bo‘yicha tushishi kerak bo‘lgan yog‘inning faqat 50—80 foizi yog‘ishi mumkin. Bu degani, quruq va issiq oylar ketidan kelayotgan joriy oktyabr ham deyarli namliksiz o‘tishi ehtimoldan xoli emas», — dedi u.

Shunday qilib, bu yilgi qish na shiddatli sovuq, na ko‘p yomg‘ir bilan kelishi kutilmoqda — ammo uning quruqligi va namlik yetishmasligi ko‘p sohalar uchun sinov bo‘ladi, deya xulosa qildi iqlimshunos olim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bu yil qish qanday keladi?