Samarqanddagi ayrim qabristonlarda fuqarolar tomonidan joylarni oldindan egallab olish holatlari aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Hazora” va “Hunarmandlar” mahallalaridagi qabristonlarda ayrim shaxslar noqonuniy ravishda yerlarni belgilab, to‘siq o‘rnatgan. Bu holat bo‘yicha aholidan bir nechta shikoyatlar kelib tushgan.
Tuman hokimligi va tegishli idoralar murojaatlarni o‘rganib chiqdi. Hozirda noqonuniy to‘siqlar olib tashlanmoqda va qonuniy tartib tiklanmoqda.
Hokimlik ta’kidlashicha, qabriston — xalqniki, uni hech kim shaxsiy mulk sifatida egallab olishi mumkin emas. Bu qonunchilik va insonparvarlik tamoyillariga zid hisoblanadi.
Masala to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!