date

Banklarda oltin quymalar qayta sotuvga chiqdi

Banklarda oltin quymalar qayta sotuvga chiqdi

3-oktabr kuni qayd etilgan oltin quymalar tanqisligidan so‘ng, Toshkentdagi banklar ularni yana xarid qilishni boshladi. 8-oktabr holatiga ko‘ra, bir qancha poytaxt banklarida turli og‘irlikdagi oltin quymalar mavjudligi ma'lum bo'ldi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.

Xususan, Yakkasaroy tumanidagi Xalq banki filialida 154 dona 5 gramli, 29 dona 10 gramli, 98 dona 20 gramli, 46 dona 50 gramli va 49 dona 100 gramli quymalar bor. Kapitalbank (OPERU)da esa 29 ta 5 grammli, 29 ta 10 gramli, 35 ta 20 gramli va 1 ta 50 gramli quymalar mavjud. Asaka bankning "Avtotransport" filialida 24 ta 5 gramli, 27 ta 10 gramli va 23 ta 20 gramli quymalar mavjud.

Mamlakatning boshqa hududlarida ham oz miqdorda Quymalar mavjud:

Qoraqalpog‘iston: 5, 10 va 20 gramli jami 5 ta quyma;

Andijon: 2 ta 50 gramli quyma;

Buxoro: 4 ta 50 gramli quyma;

Qashqadaryo: jami 10 ta quyma (10 gramli, 20 gramli, 50 gramli);

Namangan: 15 ta quyma, asosiy og‘irliklar — 10 gramli, 20 gramli, 50 gramli;

Surxondaryo: 2 ta quyma (5 gramli, 50 gramli);

Farg‘ona: 2 ta 50 gramli quyma;

Navoiy: 20 gramli va 50 gramli og‘irlikdagi 2 ta quyma.


Quymalar narxi og‘irligiga qarab quyidagicha belgilanmoqda:

5 gramli — 7,9 mln so‘m

10 gramli — 15,8 mln so‘m

20 gramli — 31,6 mln so‘m

50 gramli — 79,1 mln so‘m

100 gramli — 158,4 mln so‘m

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Banklarda oltin quymalar qayta sotuvga chiqdi