Makron Sebastyan Lekornyuni yana bosh vazir etib tayinladi

1 daqiqa o'qish166
Makron Sebastyan Lekornyuni yana bosh vazir etib tayinladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Sebastyan Lekornyuni yana bosh vazir lavozimiga tayinladi, deb Bloomberg nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bu qaror siyosiy barqarorlikni saqlash va navbatdagi hukumat inqirozining oldini olishga qaratilgan so‘nggi harakat sifatida baholanmoqda.

Lekornyu 9 sentabrdan 6 oktabrgacha Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan. U iste’fosidan bir kun oldin yangi hukumat tarkibini e’lon qilgan, ammo uni muxolifat partiyalari keskin tanqid qilgan.

13 oktabr, dushanba kuni, Lekornyu yangi davlat byudjeti loyihasini parlamentga taqdim etadi. Agar hujjat qabul qilinmasa, hukumatni moliyalashtirish uchun alohida qonun ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi.

Sebastyan Lekornyu 1986-yil 11-iyun kuni Obonn shahrida tug‘ilgan. U 2022-yil bahoridan 2024-yil mayigacha Fransiya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan, undan oldin esa 2020–2022-yillarda orol va chekka hududlar vaziri bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?