Bankir Telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanuvchilar quyidagi mobil ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi:
• Chakanapay — 10 mln so‘mgacha;
• Asia Alliance Bank (Aliance Pay) — 10 mln so‘mgacha;
• “Biznesni rivojlantirish banki” (BRB) — 5 mln so‘mgacha;
• “Mikrokreditbank” (Mavrid) — 5 mln so‘mgacha;
• “Xalq banki” (Xazna) — 5 mln so‘mgacha;
• SQB (SQB Mobile) — 5 mln so‘mgacha;
• “Anorbank” (Anorbank) — 5 mln so‘mgacha (2 oy mobaynida);
• “Hamkorbank” (Hamkor) — 5 mln so‘mgacha;
• Open Bank — 5 mln so‘mgacha;
• SelloPay — 5 mln so‘mgacha;
• “Davrbank” (Davr Mobile 2.0) — 3,5 mln so‘mgacha;
• “Milliy bank” (Milliy) — 3 mln so‘mgacha;
• Alif — 1 mln so‘mgacha;
• Humans — 1 mln so‘mgacha;
• OQ — 1 mln so‘mgacha.
Shuningdek, TBC Bank’ning Salom kartasi orqali TBC ilovasida komissiyasiz pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Click ilovasida esa “Mening oilam” bo‘limi orqali oila a’zolari o‘rtasida istalgancha pulni foizsiz o‘tkazish mumkin.
Bundan tashqari, deyarli barcha banklarda Humo‘dan Humo‘ga o‘tkazmalar bepul, shuningdek, ayrim banklar o‘z kartalari orasidagi pul o‘tkazmalar uchun ham komissiya to‘lamaydi yoki juda kam foiz qo‘llaydi.
Barcha ilovalarni Google Play va App Store orqali yuklab olish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!