date

Oltin narxi tarixda ilk bor 4000 dollardan oshdi

Oltin narxi tarixda ilk bor 4000 dollardan oshdi
Nyu-Yorkdagi Comex birjasida oltin narxi bir troy unsiyasi (31,1 gramm) uchun ilk bor 4000,1 dollarga (16 000 000 so‘m atrofida) chiqdi, deb Bloomberg xabar berdi. Garchi keyinchalik 3987,4 dollarga tushgan bo‘lsa-da, narx hozirgi vaqtda ham rekord darajaga yaqin turibdi. Ilgarigi rekord 6 oktyabrda qayd etilgan bo‘lib, u paytda unsiya narxi 3949 dollarni tashkil etgan edi.

O‘tgan hafta mobaynida oltin narxi uch marta tarixiy maksimumni yangiladi. U 3757 dollardan 3885 dollargacha ko‘tarildi, bu deyarli 130 dollar yoki 3 foizdan ziyod o‘sish demakdir. Bunday keskin ko‘tarilish oltinga bo‘lgan talabning ortganidan dalolat beradi.

Oltin narxining oshishiga asosiy omil — 1 oktyabrdan boshlab AQSH hukumati faoliyatining vaqtincha to‘xtashi (shataun) bo‘ldi. Davlat budjeti bo‘yicha kelishmovchiliklar natijasida davlat idoralari yopilgan va investorlar xavfsiz aktiv sifatida oltinga yuz burgan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil boshidan buyon oltin narxi 50 foizga oshgan. Yanvar oyida u 2623 dollar (10 500 000 so‘m) bo‘lgan. Bu o‘sishga Donald Tramp davridagi geosiyosiy noaniqliklar ham ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oltin narxi tarixda ilk bor 4000 dollardan oshdi