date

Saudi Riyadh Cables O‘zbekistondagi zavod ulushini sotib oldi


Saudiya Arabistonining Riyadh Cables Group kompaniyasi O‘zbekistondagi Artikul Aziya Kabel korxonasining 51 foiz ulushini 147,7 million saudiy riyoliga (taxminan 39 million AQSh dollari) sotib olish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Xarid 27-oktabr kuni kompaniyaning sho‘ba korxonasi Riyadh Cables Co.

orqali amalga oshirildi. Ushbu bitim O‘zbekistonning Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Artikul Aziya Kabelni moliyalashtirayotgan banklar tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Shuningdek, xarid Riyadh Cables kompaniyasining o‘z mablag‘lari va mavjud moliyaviy resurslari hisobidan amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Saudi Riyadh Cables O‘zbekistondagi zavod ulushini sotib oldi