date

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari rekord darajada ko‘paydi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari rekord darajada ko‘paydi

Markaziy bank bir necha kun oldin O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning xalqaro aktivlari 66,3 mlrd dollargacha ko‘tarildi. Bu esa hozirgacha qayd etilgan eng yuqori, mutlaq rekord ko‘rsatkich sifatida tilga olinmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, zaxiralarning asosiy qismi aynan oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni 66,3 mlrd dollarlik umumiy aktivlarning 55 mlrd dollari, boshqacha aytganda, taxminan 83 foizi oltin ko‘rinishida shakllangan.

Taqqoslash uchun, 2025 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistonning xalqaro aktivlari 41,2 mlrd dollar edi. O‘sha paytda oltin ulushi 32 mlrd dollar atrofida qayd etilgan. Demak, narxlar qimmatlashgani va oltinning umumiy qiymati o‘sgani hisobidan oltin aktivlari bir yil ichida 72 foizga yoki 23 mlrd dollarga ko‘paygan.

O‘zbekistonning oltin bo‘yicha pozitsiyasi bu bilan tugamaydi. Mamlakat dunyodagi yirik oltin ishlab chiqaruvchi va uni tashqi bozorga faol chiqaradigan davlatlar qatorida. Raqamlar ham shuni ko‘rsatadi: 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2023 yilda 8,2 mlrd dollarlik, 2024 yilda 7,5 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 2025 yilda esa bu ko‘rsatkich 9,9 mlrd dollargacha oshgan.

Endilikda eng qiziq nuqta — kelgusi yil manzarasi. Agar yil davomida oltinning o‘rtacha narxi unsiyasi uchun 5500 dollarni tashkil etsa, O‘zbekiston 2026 yilda 20,8 mlrd dollarlik qimmatbaho metall eksportini amalga oshirishi mumkin. Bu kabi o‘sishlar esa oddiy qilib aytganda, davlat byudjet daromadlariga ham, valyuta tushumlariga ham va umumiy kurs barqarorligiga ham sezilarli turtki beradi.

Qisqasi, oltin narxining qimmatlashi O‘zbekiston uchun faqat “statistikadagi chiroyli raqam” emas — u to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiladigan katta omil.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari rekord darajada ko‘paydi