Rossiyalik matematik 190 yillik muammoni hal qildi

Rossiyalik matematik Ivan Remizov 190 yil davomida yechilmagan matematik muammoni hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. U tabiatdagi jarayonlarni, elementar zarrachalar harakatidan tortib sayyoralar orbitalarigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tavsiflovchi ikkinchi darajali differensial tenglamaning universal formulasini yaratdi.
Bu kashfiyot fizika sohasida ham katta qiziqish uyg‘otdi, chunki Remizov kvant zarrachalari harakatini tavsiflash uchun ishlatiladigan matematik yondashuvdan foydalangan. Uning usuli elementar zarrachalarning xaotik harakati va katta obyektlar, masalan, sayyoralar orbitalariga ta’sir qiluvchi qonunlarni bir formulada umumlashtirish imkonini berdi.
Matematikning bu kashfiyoti nafaqat nazariy fizika, balki astrofizika va injenerlik sohalarida ham yangi tadqiqot yo‘nalishlarini ochishi mumkin. Uning universal formulasi orqali murakkab sistema va jarayonlarni matematik modellashtirish ancha osonlashadi.
Ivan Remizovning 190 yillik muammoni hal etishi, zamonaviy ilmdagi eng katta yutuqlardan biri sifatida baholanmoqda va kelgusida fan va texnologiya rivojida muhim rol o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!