date

O‘zbekistonda oylik ish haqi bo'yicha qaysi soha eng yuqori ko‘rsatkichda?

O‘zbekistonda oylik ish haqi bo'yicha qaysi soha eng yuqori ko‘rsatkichda?

O‘zbekistonda 2025 yilda o‘rtacha oylik ish haqi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 6,4 mln so‘mni tashkil etdi. Maoshlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichni bank sohasi saqlab qoldi — yil yakuniga kelib bankirlarning o‘rtacha daromadi 17,6 mln so‘mga ko‘tarilgan.

Ikkinchi o‘rinda axborot va aloqa sohasi xodimlari qayd etildi: ularning o‘rtacha ish haqi 15,3 mln so‘m bo‘lgan. Kuchli uchlikni tashish va saqlash (logistika) yo‘nalishi yopib berdi — bu sohada o‘rtacha maosh 9,7 mln so‘m atrofida shakllangan.

O‘qituvchi va shifokorlar o‘rtacha ish haqi bo‘yicha hanuz eng past qatorda qolmoqda: mos ravishda 4,4 mln so‘m va 3,9 mln so‘m. Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 10,8 mln so‘m, eng past natija esa Qashqadaryoda — 4,5 mln so‘m ekani bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda oylik ish haqi bo'yicha qaysi soha eng yuqori ko‘rsatkichda?