
AQSh prezidenti Donald Trampning O‘zbekiston tomonidan Amerika iqtisodiyotiga $135 milliard miqdorida investitsiya kiritilishi haqidagi bayonoti moliya bozorlariga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin, deb xabar beradi moliyaviy texnologiyalar tahlil kompaniyasi TipRanks. «Ayniqsa, bu aviasiya va infratuzilma sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Boeing va Caterpillar kompaniyalari mahsulotlariga talab oshishi mumkin», — deyiladi kompaniya tahlilida. Shuningdek, investorlarning Tesla va Industrial, Technology, Energy Select Sector SPDR kabi soha fondlariga ham qiziqishi ortishi kutilmoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent 2028-yilgacha $35 milliardlik mahsulot xarid qilish va investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Kelgusi o‘n yil davomida esa bu ko‘rsatkich $100 milliarddan oshishi mumkin.
Bloomberg xabariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti $115 milliardni tashkil qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar