«Yuventus» va «Milan» himoyachilar almashinuvini muhokama qilmoqda

«Yuventus» va «Milan» himoyachilar almashinuvini muhokama qilmoqda
«Yuventus» va «Milan» markaziy himoyachilarni o‘zaro almashtirishi mumkin. TMW xabariga ko‘ra, «Qari sinyora» Federiko Gattini raqib jamoaga yuborib, evaziga Koni de Vinterini olishga tayyor.

Klublar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, kelishuv qishki transfer oynasi ochilgach, yanvar oyida amalga oshadi.

Transfermarkt portali har ikki futbolchining qiymatini 20 million yevroga baholagan. Gattining yoshi 27 da, de Vinter esa 23 yoshda.

Belgiyalik futbolchi Turin klubining akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy himoyachi 2018–2024 yillarda «byankoneri»ga tegishli bo‘lgan, shundan so‘ng «Jenoa»ga o‘tgan, joriy yil yozida esa «Milan» safiga kelib qo‘shilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar