O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori qoidalari yangilandi

1 daqiqa o'qish230
O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori qoidalari yangilandi

O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori qoidalari yangilandi
O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorida investitsion vositachilar faoliyatini tartibga soluvchi yangi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

Mazkur hujjat 2025-yil 14-noyabr kuni Milliy istiqbolli loyihalar agentligi direktori tomonidan imzolangan va 18-dekabr kuni Adliya vazirligida 3728-raqam bilan ro'yxatga olingan. Avval amal qilgan nizom 2002-yilda qabul qilingan edi.

Yangi hujjat investitsion vositachilarning zamonaviy talablariga mos faoliyatini belgilaydi hamda qimmatli qog'ozlar bozorida brokerlik va dilerlik faoliyatini amalga oshirish tartibini aniqlaydi. Nizomga ko'ra, investitsion vositachi mijoz topshirig'iga binoan uning nomidan va mablag'lari hisobidan qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi professional ishtirokchi hisoblanadi.

Investitsion vositachilar shartnoma asosida brokerlik xizmatlarini ko'rsatish, mijoz mablag'lari hisobidan o'z nomidan operatsiyalarni amalga oshirish, depozitariya xizmatlarini bajarish, anderrayting xizmatlarini taqdim etish hamda market-meyker sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, hujjatda emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish bo'yicha emitentlar bilan shartnomalar tuzish imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Bu shartnomalar joylashtirilmagan qismni sotib olish majburiyati bilan yoki majburiyatsiz amalga oshirilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?