
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik nega «Lion»ga ketishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi. Fransiya klubi 19 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlar bir necha oy avval paydo bo‘lgan, seshanba kuni esa bitim rasman tasdiqlandi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, Endrikning ketishidagi asosiy sabab jahon chempionatiga borish istagi emas.
Futbolchi Xabi Alonsoga o‘z salohiyatini isbotlamoqchi bo‘lgan, biroq murabbiy unga deyarli imkon bermagan. Vunderkind murabbiy ko‘proq ishonch bildirganida, jamoaga ancha foyda keltira olishini ta’kidlagan.
Shuningdek, Endrik Fransiyaga jo‘nab ketishidan oldin «Real»dagilarga klubdagi hikoyasi hali yakunlanmaganini aytgan. Hujumchi qaytganidan keyin albatta muvaffaqiyatga erishishini ma’lum qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.