
«Tottenhem» markaziy himoyachisi Radu Dragushinning agenti futbolchi yaqin orada jamoani tark etishi mumkinligini istisno qilmadi. 23 yoshli futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan Florin Manya Dragushinni Angliyada zaxirada qolish roli qoniqtirmasligini bildirdi.
«Hozircha “Tottenhem” Raduni sotishni istamayapti, ammo u kam o‘yin amaliyoti olsa, turli variantlarni ko‘rib chiqamiz. Hozircha menga hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q, lekin Angliyadan qiziqish borligini bilaman.
Gap kichik klublar haqida ketmoqda, shu bois Italiyaga ustunlik berilmoqda. Bilamanki, yozda “Inter” markaziy himoyachi qidiradi.
Agar Raduga ko‘proq o‘ynash kerak, degan qarorga kelsak, ular (“Inter”) bilan bog‘lanamiz. Balki Kristian Kivu o‘zi menga qo‘ng‘iroq qilar», — deya agent so‘zlarini keltiradi GIFN.
Transfermarkt portali markaziy himoyachining qiymatini 22 mln yevroga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.