date

Moliya boshqaruvi: to'g'ri yondashuvlar


Investitsion kompaniya Advisorywise boshqaruvchi hamkori Nodira Sodiqova Ucast podkastida moliyaviy barqarorlikka erishish uchun qanday qilib faqat ish haqi bilan cheklanmasdan, mablag'larni to'g'ri boshqarish orqali daromad olish mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, moliyaviy barqarorlik uchun investitsiyalar zarur, biroq bunga erishish uchun fond birjasi, obligatsiyalar va brokerlik xizmatlari kabi infratuzilma rivojlangan bo'lishi kerak.

Sodiqovaning fikricha, pul tikishdan oldin tanlangan moliyaviy vositani yaxshi o'rganish muhim. "Men konservativ investor sifatida hech qachon tokenlarga shunchaki sarmoya kiritmayman.

Avvalo, loyiha muvaffaqiyat qozonishi mumkinligiga dalillarni izlab, "white paper" va tahliliy ma'lumotlarni o'rganaman. Shundan so'nggina qaror qabul qilaman.

Ammo asosiy zaxiralarimni men bitkoin va efirda saqlayman, chunki texnologiyaga ishonaman. Ularni sovuq hamyonlarda saqlayman va umuman olganda har doim foyda ko'raman", – deydi ekspert.

Uning so'zlariga ko'ra, investitsiya strategiyasi har doim tavakkalchilikka bo'lgan munosabatga bog'liq. Pul mablag'larini to'g'ri taqsimlash va hammasini bitta aktivga tikmaslik kerak.

Masalan, 50 ming dollar mablag'ni har xil tavakkalchilik darajasiga ega bo'lgan bir nechta qismga bo'lish mumkin. "Va albatta, 10 foizni oltin uchun ajratish kerak – uning so'nggi o'n yillikdagi dinamikasiga qaralsa, u vaqti-vaqti bilan pasayishlarga qaramasdan, o'sishni davom ettirmoqda", – deb qo'shimcha qiladi Sodiqova.

Oltindan farqli o'laroq, kripto bozori juda o'zgaruvchan va ko'plab loyihalar va'dalarini bajarmasdan yo'qolib ketadi. Ammo yetakchi kriptovalyutalar texnologiya va talablarga asoslangan holda o'sishda davom etmoqda, deydi podkast mehmoni.

Yana bir muhim vosita – bu ko'chmas mulk, ammo unga ham strategik yondashish zarur. "Men ko'chmas mulkka aynan O'zbekistonda sarmoya kiritgan bo'lardim, ammo ikki yoki uch xonali kvartiraga emas, balki studiyaga.

Unda apart-butik tashkil etib, ijaraga berish mumkin. Men buni o'zim sinab ko'rdim – maydoni qanchalik kichik bo'lsa, ob'ektning likvidliligi shunchalik yuqori bo'ladi", – deydi Nodira Sodiqova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya boshqaruvi: to'g'ri yondashuvlar