
O‘zbekistonda AQShning Valmont Industries kompaniyasi bilan hamkorlikda yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari joriy etiladi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va kompaniyaning vitse-prezidenti Filipp Shmidt-Holtsman o‘rtasidagi C5+1 sammiti doirasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi.
Loyiha bosqichma-bosqich sug‘orish tizimlarini ishga tushirishni, shuningdek, masofadan kuzatish va boshqarish imkoniyatiga ega “aqlli” platformani joriy etishni o‘z ichiga oladi. Valmont Industries, shuningdek, fermerlar va agronomlarni uskunalar bilan ishlash hamda ularni texnik xizmatdan o‘tkazish bo‘yicha o‘qitishni taklif qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar