date

O'zbek so'mi mustahkamlanmoqda: dollar narxi pasaydi

O'zbek so'mi mustahkamlanmoqda: dollar narxi pasaydi
O'zbekistonda 26-noyabr kuni dollar kursi 51,43 so'mga pasayib, 11 936,89 so'mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

Rossiya rubli 0,46 so'mga arzonlashib, 151,56 so'mga tushdi. Yevro esa 53,33 so'mga pasayib, 13 769,20 so'mni tashkil qildi.

Shuningdek, o'zbek so'mi britaniya funti, yapon iyenasi va xitoy yuani kabi boshqa valyutalarga nisbatan ham mustahkamlandi. Bundan tashqari, respublika Markaziy banki nazorat qilayotgan 35 xorijiy valyuta kurslari ham pasaytirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O'zbek so'mi mustahkamlanmoqda: dollar narxi pasaydi