date

Ipoteka bozoriga 64,5 mln yevro ajratiladi

Ipoteka bozoriga 64,5 mln yevro ajratiladi
Ipoteka qayta moliyalash kompaniyasiga (IQMK) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamda Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan 64,5 million yevro ajratiladi. Ushbu mablag‘ Janubiy Osiyoda faoliyat yurituvchi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etiladi.

Bank tomonidan ajratiladigan 34,5 million yevro kompaniyaning o‘rta muddatli istiqbolini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu esa ipoteka bozorini rivojlantirish va uy-joy moliyalashtirishga erishishni yaxshilashga xizmat qiladi.

Kreditning asosiy qismi “yashil” renovatsiya dasturini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Bu yo‘nalishga investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlaydi.

Fransiya taraqqiyot agentligi esa kompaniyaga 30 million yevro ajratadi. Ushbu mablag‘ O‘zbekiston aholisiga “yashil” ipotekani qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Barcha kredit mablag‘lari milliy valyutada ajratiladi. Ular xorijiy valyutada nomlangan bo‘lsa-da, aholiga uy-joy xarid qilish imkoniyatini oshirish maqsadida so‘mda beriladi.

IQMK bosh direktori Murodjon Farmonovning aytishicha, kompaniyaning xalqaro hamkorlari “yashil” kun tartibiga alohida e’tibor qaratmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakat bo‘ylab sanoatdan tortib uy xo‘jaliklarigacha energiya samarador yechimlarni joriy etishga intilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ipoteka bozoriga 64,5 mln yevro ajratiladi