O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarishni oshiradi

O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarishni 62 trillion so‘mga, eksport hajmini esa 1,5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga oid qarorni tasdiqladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, o‘zbek korxonalari vakillarining Afg‘onistonga «Termiz» chegara punkti orqali xavfsiz kirib-chiqishi ta’minlanadi. Bu jarayonni Chegara xizmati nazorat qiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boshlab loyiha ekspertizasida mutaxassislar materiallarning kamida 25 foizi ekologik toza va energiya samarador bo‘lishini tekshirishlari majburiy bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing