Chempionlar ligasi 7-turi boshlanadi: bugun bo‘ladigan o‘yinlar...

Sport1 daqiqa o'qish1.9K
Chempionlar ligasi 7-turi boshlanadi: bugun bo‘ladigan o‘yinlar...

UYEFA Chempionlar ligasida 7-tur bahslari bugundan boshlab rasman start oladi. Turning ilk kunining o‘ziyoq futbol ishqibozlarini katta intriga, shovqinli to‘qnashuvlar va nomdor klublar ishtirokidagi qiziqarli kechaga tayyorlab qo‘ygan.

Bugun maydonga “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Real Madrid”, PSJ, “Inter” kabi grandlar chiqadi. Ayniqsa, tungi markaziy bahs sifatida ko‘pchilik “Inter” — “Arsenal” uchrashuvini alohida kutyapti. Ikki jamoa ham o‘ziga xos uslubga ega: biri qat’iy tartib va jismoniy kurashni yaxshi ko‘rsa, ikkinchisi tezlik va kombinatsion futbolga suyanadi. Demak, tunda bizga haqiqiy “yevrokubok kayfiyati” va’da qilingan.

Shu bilan birga, “Budyo/Glimt” maydonida “Manchester Siti”ni og‘ir safar imtihoni kutyapti. “Real Madrid” esa o‘z uyida “Monako”ga qarshi o‘ynab, turnirdagi maqsadlarini yana bir bor namoyon etishi kerak bo‘ladi. PSJ ham “Sporting” bilan bahsda ishonchli qadam tashlashni ko‘zlaydi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ro‘yxati:

20:30 “Qayrat” – “Bryugge”

22:45 “Budyo/Glimt” – “Manchester Siti”

01:00 “Vilyarreal” – “Ayaks”

01:00 “Inter” – “Arsenal”

01:00 “Kopengagen” – “Napoli”

01:00 “Olimpiakos” – “Bayer”

01:00 “Real Madrid” – “Monako”

01:00 “Sporting” – PSJ

01:00 “Tottenxem” – “Borussiya D”

Qisqasi, bugungi kecha futbol uchun “shirin kecha”: kimdir ochko uchun jang qiladi, kimdir guruhdagi taqdirini hal qiladi, muxlislar esa bir kechada bir necha katta o‘yindan bahramand bo‘ladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?