Savdo, qurilish, xizmatlar: korxonalar qaysi sohada ko‘p?

Savdo, qurilish, xizmatlar: korxonalar qaysi sohada ko‘p?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 474,9 mingtaga yetgan. Eng qizig‘i — mamlakatdagi korxonalarning qariyb uchdan biri savdo yo‘nalishida ishlayapti.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri keladi — 153 370 ta korxona. Keyingi o‘rinlarda:

  • sanoat — 59 520 ta,
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 34 881 ta,
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari — 30 374 ta,
  • qurilish — 30 343 ta,
  • tashish va saqlash — 17 245 ta,
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 14 283 ta,
  • axborot va aloqa — 11 901 ta,
  • boshqa sohalar — 122 982 ta.

Statqo‘m oldinroq keltirgan ma’lumotga ko‘ra, umumiy 474,9 ming korxonaning 403,8 mingtasi (85 foizi) — kichik korxona va mikrofirmalar. Ya’ni bozorda “og‘ir artilleriya”dan ko‘ra, asosiy harakatni aynan kichik biznes qilib turibdi.

Hududlar kesimida esa korxonalar eng ko‘p jamlangan joylar ham ochiqlandi: Toshkent shahri (108 678 ta) birinchi o‘rinda. Keyin Toshkent viloyati (46 479), Samarqand (41 091), Farg‘ona (37 846) va Qashqadaryo (30 424) viloyatlari keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar