Karachidagi savdo markazida yong‘in 11 kishining umriga zomin bo‘ldi

Karachidagi savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Washington Post. Hodisa 17 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Yong‘in kechqurun boshlanib, kosmetika, kiyim-kechak hamda plastmassa buyumlari saqlangan do‘konlar bo‘ylab qisqa fursatda kengaygani aytilmoqda.
19 yanvar holatiga ko‘ra, qariyb 60 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda. Ularning qarindoshlari binoning yonida turib, zarar ko‘rgan hududlarni ko‘zdan kechirayotgan qutqaruvchilar guruhi yangiliklaridan umid qilmoqda.
Shahar meri va politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari tun bo‘yi davom etgan. Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum, holat yuzasidan tergov boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing