date

Sirdaryoda Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish ochiladi

Sirdaryoda Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish ochiladi
Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatida Markaziy Osiyodagi eng yirik spanbond va meltblown kabi to‘qimasiz materiallar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Ushbu mahsulotlar Invest Asia korxonasida ishlab chiqariladi, mazkur korxonaga prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Invest Asia mamlakat ichki bozoridagi polipropilen qoplar va yengil konteynerlar ishlab chiqarishining 60 foizini, shuningdek, stretch-plenka ishlab chiqarishining 40 foizini ta'minlaydi. Majmua 60 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bu yerda 2,5 mingga yaqin kishi ishlaydi.

Korxona mamlakatda bioaksial yo‘naltirilgan polipropilen plenka ishlab chiqariladigan yagona ishlab chiqarish hisoblanadi. Joriy yilning o‘tgan o‘n oyida korxona 1,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan, eksport hajmi esa 23 million dollarni tashkil etdi.

Uskunalar Avstriya, Germaniya, Italiya, Xitoy va AQShdan olib kelingan. Barcha loyihalar ishga tushirilgach, Invest Asia korxonasida ish o‘rinlari soni 10 mingga yetkazilishi, shuningdek, polimerlarni qayta ishlash hajmi yiliga 280 ming tonnaga oshirilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Sirdaryoda Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish ochiladi