
2025 yil dekabr oyi boshida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $61,2 milliardga yetdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Bir oy davomida zaxiralar 3,2 foizga oshgan bo‘lsa, yil boshidan buyon ular qariyb 49 foizga o‘sdi. Oy davomida qimmatbaho metalning fizik hajmi 12,2 million troya unsiyasiga yetdi, ularning pul ekvivalentidagi qiymati esa $50,8 milliardni tashkil etdi.
Xorijiy valyutadagi zaxiralar esa $9,8 milliardni tashkil qildi, avvalgi oyda bu ko‘rsatkich $10,9 milliard bo‘lgan edi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biri bo‘ldi.
Shu davrda regulyator 9 tonna qimmatbaho metall sotib oldi. Joriy yilning o‘tgan o‘n oyida O‘zbekiston qariyb $9,9 milliardlik oltin eksport qilgan.
2024 yilning shu davrida esa eksport miqdori $6,6 milliardni tashkil etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.