
O‘zbekistonning to‘rt hududidagi elektr tarmoqlari xususiy sektor boshqaruviga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni energetika obyektlarini ishga tushirish marosimida ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, 2026 yilda Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi elektr tarmoqlari xususiy sektorga topshiriladi. Oradan bir yil o‘tib, Namangan va Toshkent viloyati energetika infratuzilmasi ham xususiy boshqaruvga o‘tadi.
Davlat rahbari Samarqand viloyati tajribasini misol sifatida keltirdi. Bu hududda elektr tarmoqlari xorijiy kompaniya boshqaruviga o‘tkaziladi.
Investor infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Kutilishicha, Samarqand viloyatiga xorijiy kompaniya jalb etilishi natijasida yiliga 20 million dollar tejash va energetik yo‘qotishlarni ikki barobar kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 21 ta energetika obyektining qurilishini boshladi va 42 loyihani ramziy ravishda ishga tushirdi. "Bugun ishga tushirilayotgan barcha loyihalar barqaror iqtisodiy o‘sish manbai bo‘lib, kelgusi avlodlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi", — deya ta’kidladi Mirziyoyev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.