23:40 / 28.09.2018
4 583

Oʻzbekistonda savdoni rivojlantirish maqsadida qator cheklovlar bekor qilinadi

Oʻzbekistonda savdoni rivojlantirish maqsadida qator cheklovlar bekor qilinadi
“Savdoni yanada liberallashtirish va tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra, 2019 yilning 1 yanvaridan quyidagilar:

- ulgurji savdoni amalga oshirish uchun litsenziya boʻlishi kerakligi hamda ulgurji savdo korxonalarining alohida soliqqa tortish tartibi;

- aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim tovarlar (avtomobillar, oʻsimlik yogʻi, alkogol va tabaka mahsulotlari hamda boshqalar)ni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishning amaldagi tartibi;

- koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi;

- tadbirkorlik subyektlarida kontragentlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzdorlik uchun sanksiyalar;

- tadbirkorlik subyektlarida ichki bozordagi bitimlar boʻyicha 15 foizlik oldindan toʻlov talabi;

- sarxil (svejiy) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foiz oldindan toʻlov talabi amaliyoti;

- ilovaga muvofiq, ayrim tovar turlarining eksportiga cheklovlar;

- isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasini shartnomada koʻrsatilganidan koʻproq isteʼmol qilingani uchun jarima sanksiyalari;

- yuqori likvidli tovarlar, xomashyo va materiallarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini shakllantirish va uni Raqobat qoʻmitasi bilan kelishi amaldagi tartibi;

- isteʼmol kreditlarini faqatgina Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlariga berish amaliyoti bekor qilinadi.

2018 yil 1 oktyabrdan import boʻyicha olib kirilgan yuqori likvidli mahsulot turlari, egalari oʻz xohishiga koʻra, ichki bozorda, shu jumladan, birja savdolarida cheklovlarsiz sotilishi mumkin.

Shu yil 1 oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasidan jismoniy shaxslar uchun 5 ming AQSH dollariga teng boʻlgan ruxsat etilgan valyuta miqdori doirasida tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilishi mumkin.

Qaror loyihasiga koʻra, Iqtisodiyot vazirligi huzurida sanoat bozori va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tadqiqotlar markazi ish faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda savdoni rivojlantirish maqsadida qator cheklovlar bekor qilinadi