date

Maktablarda niqob taqish majburiy emas


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent maktablarida tibbiy niqoblarni majburiy taqish joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlarga izoh berib, Toshkent maktablarida niqob taqish majburiy emasligini ma’lum qildi.

Mutasaddilar niqoblarni faqat sinflarda kasallangan bolalar bo‘lsa yoki kasallik yuqish ehtimoli yuqori bo‘lgan holatlarda tavsiya etmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov 26-sentabr kuni bosh sanitariya vrachi tomonidan qabul qilingan qarorni oddiy mavsumiy chora sifatida baholadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’kidlashicha, niqob taqish masalasi joylarda vaziyatga qarab hal qilinadi. E’lon qilingan hujjat yangi qoidalarni joriy etish emas, balki ehtiyot choralari haqida eslatmadan iboratdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda niqob taqish majburiy emas