
Pokistonda qariyb uch o‘n yil avval bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi tasodifan topildi. Ma’lum bo‘lishicha, 1997-yilda yo‘qolgan shaxsning tanasi 28-yil davomida muz qatlami ostida saqlanib kelgan.
Fojeali topilmaga mahalliy chorvador duch kelgan. U tog‘li hududda chorva boqib yurgan paytida muz orasida inson jasadiga o‘xshash qoldiqlarni payqagan va bu haqda tegishli idoralarga xabar bergan.
Mutasaddilar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, jasad uzoq yillar davomida past harorat ta’sirida qolgani sababli deyarli buzilmagan holatda saqlangan. Huquq-tartibot organlari marhumning shaxsini aniqlash va o‘lim sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov ishlarini boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.