
Bugun, 22 dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha respublika hududi bo‘ylab barcha metan “zapravka”lar odatiy tartibda ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.
Mazkur xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlar paydo bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar ushbu ish rejimi bugundan boshlab doimiy amal qiladi, deb xulosa chiqargan.
Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, barcha metan zapravkalarning to‘liq ishlashi faqat 22 dekabr kuni uchun belgilangan bo‘lib, ushbu vaqt oralig‘i bilan cheklanadi. Ya’ni bu rejim doimiy emas, balki vaqtinchalik chora hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda metan “zapravka”lar faoliyatiga cheklovlar joriy etilgani xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari tonggi soat 06:00 dan kechki 23:00 gacha ishlaydi. Shu bilan birga, jamoat transporti uzluksiz harakatlanishi uchun 21 ta AGTKSH tungi vaqtda ham faoliyatni davom ettirib, avtobus va boshqa jamoat transportini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.