23:50 / 03.03.2018
4 757

Jizzaxlik yigitni “nigeriyalik qarindoshi” 10 ming dollarga chuv tushirdi

Jizzaxlik yigitni “nigeriyalik qarindoshi” 10 ming dollarga chuv tushirdi
Forish tumanida yashovchi Keldiyev Komron ijtimoiy tarmoqda Stanislav Keldiyev ismli afrikalik yigit bilan tanishdi. Tez fursatda familiyadoshi bilan apoq-chapoq bo‘lib ketdi. Stanislavning aytishicha, otasi tatar, onasi rus bo‘lib, o‘zi Afrikada istiqomat qilardi. Bobosi asli Forishdan bo‘lgani ularning do‘stligini yanada mustahkamladi. Stanislav juda boy kishi sifatida o‘zini tutardi.

Kunlardan bir kuni Robert Jekson ismli advokat Komronbekka aloqaga chiqdi va Stanislav to‘satdan vafot etganini, qarindoshlariga, jumladan, Komron Keldiyevga ham 10 mln dollar meros qoldirganini xabar qildi. Faqat Yevropadagi bankdan pul olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga bor-yo‘g‘i 10 ming dollar yetmayotganligini qo‘shib qo‘ydi. Millioner bo‘lish xayolidagi Keldiyev tanishlardan qarz-havola qilib 10 ming dollarni tegishli manzilga yubordi. Shundan so‘ng advokat Robert Jekson ham, uning tarmoqdagi sahifasi ham yo‘qolib qoldi. Komron Keldiyev Ichki ishlar idorasiga qilgan murojaati natijasida firibgarlik qurboni bo‘lganini tushunib yetdi.

Internetdan, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning aksariyati noma’lum kimsadan quyidagicha mazmundagi xatni olgan: “Hello Dear, My name is Katie Higgins, From United States of America. I am a Blue Angels United officer working at US Navy Base camp in Syria, I am interested in you,I will introduce myself better ,write me now at please write me now i have something important to tell you. Thanks and kisses. Katie Higgins”. Bundan xatlarning syujeti bir-biriga o‘xshash. Sobiq qirol, millioner, prezident yoki uning qarindoshlari tomonidan yo‘llanadi. Yana bir varianti, go‘yoki vafot etgan boy xat oluvchiga falon million dollarni vasiyat qoldirgan, biroq uni olish uchun “ozgina xarajati bor”.

Firibgarlik mazmunidagi bunday xatlar “nigeriyacha maktub” nomini olgan. Chunki internet kirib kelmasdan oldin ham Nigeriyada bunday maktublar oddiy hol edi. Internet vujudga kelishi bilan “nigeriyacha maktub”larning xilma-xil mazmundagilari urchib ketdi, va hattoki, 2005 yilda unga Shnobel mukofoti berildi.

Yurtdoshlarimiz bunday firibgarliklarga uchmasligi uchun hushyor bo‘lishi, hamisha shaxsi aniq kishilar bilan munosabat o‘rnatishga intilishi lozim.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik yigitni “nigeriyalik qarindoshi” 10 ming dollarga chuv tushirdi