
Qatarda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorakfinal bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi,. Jangovor ruhda o‘tgan bellashuvlar nafaqat gollarga, balki nihoyatda keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Italiya — Burkina-Faso 1:0
Gol: Kampaniyello (83).
O‘zbekistonni nimchorak finalda musobaqadan chetlatgan Italiya o‘z g‘alabalar seriyasini davom ettirdi. Yevropalik yoshlar Burkina-Fasoga qarshi juda og‘ir kechgan o‘yinda yagona gol evaziga 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yin taqdiri 83-daqiqada Kampaniyello tomonidan kiritilgan gol bilan hal bo‘ldi.
Avstriya — Yaponiya 1:0
Gol: Mozer (49).
Osiyoning so‘nggi vakili Yaponiya musobaqani tark etdi. Ularni 49-daqiqada Mozerning aniq zarbasi bilan Avstriya mag‘lub etdi. Shundan so‘ng JCH U-17 turnirida Osiyodan birorta jamoa qolmadi.
Portugaliya — Shveysariya 2:0
Gollar: Mide (41), Net-u (53).
Shuningdek, Portugaliya Shveysariya ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Mide (41) va Net-u (53) tomonidan kiritilgan gollar portugallarni yarimfinalga chiqardi.
Marokash — Braziliya 1:2
Gollar: Baha (45+4, penalti) — Dell (16, 90+5).
Misrdagi o‘tgan turnirda ham yorqin o‘yini bilan e’tibor qozongan Braziliya esa Marokashga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida zafar qozondi. Dellning (16, 90+5) dubli braziliyaliklarni navbatdagi bosqichga olib chiqdi.
Shu tariqa, 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yarimfinal juftliklari quyidagi tarzda shakllandi:
Portugaliya — Braziliya
Italiya — Avstriya

Chempionat hal qiluvchi bosqichga kirib kelar ekan, musobaqa intrigasi yanada oshdi. Muxlislarni 24-noyabrda ikki ajoyib yarimfinal kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.