
Toshkentda kuzgi sovuq kunlar boshlanmoqda, bu esa bizni mo‘ynali do‘stlarimiz – mushuklarni eslashga undaydi. Shaharda odamlar qishki kiyimlarini tayyorlar ekan, mahalliy mushuklar o‘zlariga issiq burchaklar izlash bilan band.
Kimdir deraza tokchalarida xiyol uxlab yotgan bo‘lsa, boshqalar quvurlar yaqinida isinmoqda yoki shahar ko‘chalari bo‘ylab mag‘rur qadam tashlamoqda. Keling, ular bilan mehr ulashamiz va bu mo‘ynali do‘stlarimizning hayotini kuzatamiz.
Havo ancha sovib ketmasidan, shahar mushuklari oxirgi quyosh nurlaridan bahramand bo‘lishga shoshilishmoqda. Kimdir skameykalarda o‘ralashib olgan, boshqalar esa mahalliy avtomobillar kapotlarini issiq joy sifatida tanlagan.
Uzum Marketning yetkazib berish punktlari ham ular uchun qulay maskanga aylangan. Ba’zilar to‘rt tomonida o‘t-o‘lanlar o‘sgan joylarda dam olmoqda.
Kimdir esa samokatni chetga surib qo‘yishni so‘raydi. Har kimning o‘z kuni bor: kimdir turgan joyidan norozi, boshqalar esa shunchaki ko‘zdan yo‘qolib, o‘z dunyosiga sho‘ng‘iydi.
Bu dunyo qanchalik katta bo‘lmasin, mushuklarimizning oddiy hayoti qanchalik jozibador ekanini ko‘rish qiziq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.