
Avvalroq, Namangan viloyatida ayrim shaxslar o‘zaro til biriktirib, attestatsiya imtihonlarida pedagoglarga moddiy manfaat evaziga yordam berish maqsadida masofadan turib “bunker” tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Ushbu voqeaga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlik ma’lumot berishicha, joriy bahorgi attestatsiya jarayonlarida ayrim pedagoglar tomonidan noqonuniy qurilmalardan foydalanishga urinish holatlari aniqlangach, vazirlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor choralarni ko‘rgan va mazkur holatlarga chek qo‘yish yuzasidan amaliy ishlar olib borilgan.
Xususan, bahorda o‘tkazilgan malaka toifa sinovlarida 75 nafar pedagog, kuzgi sinovlarda esa yana 45 nafar talabgor tomonidan qo‘shimcha qurilma yoki shpargalka olib kirishga urinish qayd etilgan. Tartib-qoidalarni buzgan ushbu shaxslar belgilangan tartibga muvofiq darhol attestatsiyadan chetlatilgan.
Rasmiy xabarda ta’kidlanishicha:
Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “bunker” sifatida foydalanilayotgan xonadon ham ko‘zdan kechirilgan. Natijada ushbu manzilda test savollarini yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, noutbuklar, 30 dan ortiq turli eshitish moslamalari, yashirin kameralar, 8 ta Wi-Fi router va boshqa texnik jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.