Qizning hovlisini sotgan «kuyov» 9 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish214
Qizning hovlisini sotgan «kuyov» 9 yilga qamaldi

Toshkentda ko‘p muhokama qilingan hovli firibgarligi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi, deb xabar berdi zamin.uz. Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R.ga nisbatan jinoyat ishi yakuniga yetkazildi.

Sud qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi — yirik miqdordagi firibgarlikda aybli deb topilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘taladi.

Shu bilan birga, sud Sh.R.dan jabrlanuvchilar foydasiga umumiy hisobda qariyb 4,8 milliard so‘m zarar undirilishini belgiladi. Uyni olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish masalasi esa fuqarolik tartibida ko‘rilishi kerakligi aytib o‘tildi.

Sud, shuningdek, ishda boshqa shaxslarga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini prokuraturaga yuborish haqida alohida ajrim chiqardi.

Nima bo‘lgan edi?

2024 yil avgust oyida Sh.R. to‘ydan oldingi “muammolarini hal qilish” bahonasida 1999 yilda tug‘ilgan qizning ishonchini suiiste'mol qilgan. Uysiz qolishdan qo‘rqib turgan qizga uyni vaqtincha garovga qo‘yish kerakligini aytgan, keyin esa undan foydalanib, hovlini bloger va tadbirkor Sanjar Karimovga (Sanjik) 240 ming dollarga sotib yuborgan.

Mazkur mojaro jamoatchilikda katta rezonans keltirgan va Sanjik ushbu uyni bolalar uyiga ehson qilishini aytgan edi. Biroq hujjatlar to‘liq rasmiylashmagani ma’lum qilingan.

Tergov jarayoni davomida Sh.R.ning boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir qancha firibgarlik holatlariga aloqadorligi aniqlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?