
Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.K. qo‘lga olindi. U 4 300 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 52 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mirzaobod tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlandi. Departament, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda I.J. 4 000 dollarni fuqaro J.R.ga 48,8 million so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Koson tumanida esa M.SH. noqonuniy valyuta savdosida gumonlanib, 4 000 dollarni 47,6 million so‘mga sotib olayotgan paytda ushlangan. Undan 4 300 AQSh dollari va 65,7 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Ushbu barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.