Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘z bayrami tantanalari doirasida 20-21 mart kunlari birinchi marta tashkil etiladigan “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivalida 5 tonnalik sumalak tayyorlanishi haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda bahor taomi uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy ivitilib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi. O‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozon “xizmatda bo‘ladi”. Sumalakni pishirishga katta tajribaga ega 25 nafar onaxon jalb etilgan.
Mazkur sumalakni tayyorlanish jarayonlari aks etgan videoroliklarni quyidagi 1-HAVOLA va 2-HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?