10:04 / 02.05.2018
6 505

Qo‘rqinchli sirlar: Nikita Xrushchev

Qo‘rqinchli sirlar: Nikita Xrushchev
Nikita Xrushchevni ishonch bilan jumboqli Sho‘ro rahbarlaridan biri deb atash mumkin. Uning rahbarligida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarga qaramasdan, Nikita Xrushchevning davlat boshqaruvchisi va menejer sifatidagi fazilatlarini anchayin shubhali atash mumkin. Shunga qaramasdan, u bilan bog‘liq bo‘lgan “Kuzkaning onasi”, makkajo‘xori, botinkalari, xrushchevka davridagi “siyosiy ilish” kabi iboralar yodga tushaveradi.

Qatag‘on xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan “bahoriy iliqlik”

Xrushchev hukmronlik qilgan o‘n bir yillik siyosiy davr - siyosiy yumshashni chuqur tahlil qilinadigan bo‘lsa, uning hokimiyati davri haqida faqatgina ijobiy fikrlarni bildirish mushkul bo‘lib qoladi. Albatta, Xrushchev davridagi shaxsga sig‘inish illatlarini va siyosiy qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilish kabi ishlar shaksiz tarixda qoladi. Shuningdek, uning davrida ilm-fan taraqqiyoti ham yuksaldi: inson ilk bor fazoga sayohat qildi va ommaviy ravishda uy-joy qurilishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Ammo shu bilan birgalikda sobiq Sho‘ro tuzumida 1960 yillarda keng quloch yozgan dinga qarshi qaratilgan keskin choralarni nazarda tutuvchi “jazolash psixiatriyasi” ham keng quloch yozdi, natijada Yangi Cherkeskda oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishi sababli namoyishga chiqqan ishchilar otuvga hukm qilindi.

Shu bilan birgalikda Sho‘ro hukumati davlat mulkini talon-toroj qilganlikda ayblagan qora bozor ahli va chayqovchilarga nisbatan qo‘llanilgan sud “shoulari”, qishloq xo‘jaligida qo‘llanilgan noto‘g‘ri siyosat, 1956 yilda Vengriyada yuz bergan qo‘zg‘alonni bostirish va Boris Pasternakning zaharlanishi esda qolarli.

Xullas, Xrushchev davrida AQSh va Sho‘ro Ittifoqi munosabatlarining keskin yomonlashuvi, Karib inqirozining yuzaga kelishi dunyo ahlini yadro falokati yoqasiga olib kelib qo‘yishiga bir bahya qoldi. Nikita Sergeyevich boshchiligidagi KPSS MQning “Stalinsizlashtirish” siyosati Sho‘ro davlatining Xitoydagi Mao Szedunning kommunistik rejimi va Albaniyadagi Anvar Xo‘ja siyosatidan uzoqlashishiga olib keldi.

Xrushchevning barcha ijobiy siyosiy harakatlarini real ijobiy tarixiy prizma yordamida baholash maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lardi. Iliqlik tarixda qolgani shubhasiz, ammo bu ilishning quyqumlari, ta’kidlanganidek, yashab qoldi.

Makkajo‘xori - dala malikasi

Ommaviy ravishda makkajo‘xori ektirish siyosati mamlakatni tang ahvolga olib keldi. Natijada Xrushchev istaganidek makkajo‘xorini dala malikasiga aylantirish siyosati amalda o‘z isbotini topmadi. Sabab mamlakatning iqlim sharoitlari hisobga olinmagan edi.

Sho‘ro Ittifoqida makkajo‘xori vasvasasi tarixi quyidagi tarzda boshlangan edi: 1955 yilda Xrushchev Amerika qishloq xo‘jaligida makkajo‘xorining o‘rni haqida og‘zidan bol tomib gapirib bergan Rosuyel Garst bilan tanishib qoladi. So‘ng rahnamo AQShda makkajo‘xori hosili unumdorlik bilan yetishtiriladigan fermer xo‘jaliklarida bo‘ladi va bu yerdagi hosildorlik Sho‘ro davlatidagi unumdor yerlardagi hosildorlikdan bir necha bor ko‘proq hosil berar edi.

Bu o‘simlikni ommaviy ekish boshlanadi. Makkajo‘xori ekin yerlarini ko‘paytirish hisobiga qoramol sonini oshirish nazarda tutilgan bo‘lib, mamlakat shimoli va sharqiga partiya siyosiy rahnamolari jo‘natiladi.

1960 yillarning o‘rtalariga borib Sho‘ro davlatidagi ekin ekiladigan yerlarning chorak qismida makkajo‘xori yetishtiriladigan bo‘ldi. Vaholanki, bu yerlarda pichan ekish foydali bo‘lgani holda, makkajo‘xori ekildi va hosildorlik ham ancha kamayib ketdi. Shu tariqa Xrushchevning makkajo‘xori yetishtirish kampaniyasi inqirozga yuz tutdi.

1954 yil voqealarini esga olishar ekan, Xrushchev Qrimni Ukrainaga sovg‘a qildi, deb eslashadi. Aslida hech kim hech narsani sovg‘a qilmagan. O‘sha damlarda Sovet Ittifoqi chegaralari bo‘linmas davlat bo‘lgan. Rasmiy jihatdan Qrimni Ukraina ixtiyoriga berish o‘sha davrda jamoatchilikni e’tiroziga hech ham sabab bo‘lmagan, siyosiy bo‘linish amalda xaritadagina aks etgan xolos.

Xrushchev qarorida hududning Ukrainaga bo‘ysunishi ikki hududning iqtisodiy, siyosiy, madaniy jihatdan bir-biriga yaqinligi va uzviy bog‘liqligi bilan izohlangan. Ko‘plab tarixchilar bugun bu hodisaning haqiqatga mutlaqo zid ekanligini e’tirof etishi ham haqiqat.

Xrushchevning o‘g‘li aytganlari esa haqiqatga yaqinroq. Uning e’tiroficha, Dnepr daryosi quyi oqimida joylashgan Kaxovka suv ombori yordamida Shimoliy Qrim kanalini qurishni yuridik va moliyaviy jihatdan ta’minlash orqali Xersona va Qrim viloyatlarini qurg‘oqchilikdan qutqarish bo‘lgan. Bu vaziyatda Qrim tatarlarining ommaviy ko‘chirilishi mintaqada og‘ir vaziyatni yuzaga keltiradi. Ayrim tadqiqotchilar esa urushdan keyingi Qrim iqtisodi 1954 yilga kelib urushdan oldinga holatga kelib qolganligini ham ta’kidlashadi.

Xrushchev botinkasi bilan BMT majlisida dag‘dag‘a qilayotgani suratlari butun dunyoni aylanib ulgurgan. Aslida bu mohirlik bilan ishlangan fotomontaj bo‘lib, Nikita Sergeyevich Xrushchev BMT minbaridan turib botinkasini taraqlatmagan. Ammo bu voqeaning o‘ziga xos izohi ham mavjud.

1960 yilning 12 oktyabrida BMTning 15-assambleyasida Vengriya muammosi ko‘rib chiqilayotgan bir vaziyatda Xrushchev Sho‘ro delegatsiyasining boshqa vakillari bilan birgalikda majlisda to‘polon chiqarmoqchi bo‘ladi. U o‘sha kuni botinkada emas sandalga monand tuflida bo‘lib, filippinlik voiz nutq so‘zlayotgan bir paytda poyabzalini yechib go‘yoki unga kirib qolgan toshni olib tashlamoqchi bo‘ladi va bu bilan barchaga bu ma’ruzaning unga hech ham qiziq joyi yo‘qligini namoyish qilmoqchi bo‘ladi.

“Xrushchevkalar”dagi baxt

“Xrushchevkalar” atamasini o‘sha davr avlodi yaxshi bilishadi va eslashadi. Bu atama sho‘ro davlatida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan siyosat mahsulidir. 1950 yillarda ommaviy ravishda qurilishi boshlangan bu kabi uylar 10ta xonadonga mo‘ljallangan bir hojatxonali uylardan ko‘ra ancha yaxshi muqobil edi. Ayrimlarning nazdida esa chinakam baxt ham. Aslida bu uylarning kichik oshxonalari spartancha mebel jihozlari bilan to‘ldirilganda ikki kishiga yetarli bo‘sh joy qolar, yupqa devorlar esa qo‘shnining xurrak otishini bemalol eshitib turish imkonini berar edi.

Shaksiz, Xrushchev o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan uy-joy muammosini hal etgan bo‘lsa-da, na uning o‘zi, na boshqa rahbarlar bu uylarning taqdiri keyingi 40-50 yil ichida nima bo‘lishi borasida hech narsa bilmas edilar.

Tarix shu kungacha Xrushchev davri borasida bu davr yutuqlarmi yoki mag‘lubiyatlar davri bo‘lganligi borasida aniq javobni bergani yo‘q. Qorlarning erishi davrida ulkan ijobiy o‘zgarishlar ham amalga oshirilgan bo‘lsada, ammo, boshqa tarafdan bu davr ko‘plab kamchiliklardan ham xoli bo‘lmagan. Bu xatolar esa Brejnev davridagi turg‘unlik holatini yuzaga kelishida va mamlakatni borsa kelmas nuqtaga eltishda kirish bo‘lib xizmat qilgan. Xrushchevning hokimiyatdan chetlatilishi va Sho‘ro tuzumining qulashigacha bor-yo‘g‘i 27 yil muddat qolgan bo‘lsa-da, bu muddat global tarixiy kontekstda abadiylik soatlarining lahzalariga tengdir.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘rqinchli sirlar: Nikita Xrushchev