11:00 / 31.05.2018
6 558

Koreyada bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasida O‘zbekistonlik qori 1-o‘rinni egalladi

Koreyada bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasida O‘zbekistonlik qori 1-o‘rinni egalladi
Kuni kecha Janubiy Koreya mamlakatida xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada dunyoning turli davlatidan 70 ga yaqin qorilar ishtirok etishdi. Bu haqda azon.uz nashri xabar berdi.

Musobaqa faqat tilovat yo‘nalishida, 3 bosqichda o‘tkazildi. 1-bosqichda ishtirokchilar o‘zlari istagan joydan tilovat qilib berishdi.

Shunga qaramasdan keyingi bosqichga faqatgina 20 nafar ishtirokchi o‘ta oldi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar hakamlar so‘ragan joydan Qur’onga qarab tilovat qilib berishdi.

Shundan so‘ng hakamlar qo‘ygan ballar hisoblanib, g‘oliblar aniqlandi.

Ishtirokchilar orasida O‘zbekistonlik Abdurahimov Abdurashid Qori Abdulhakim o‘g‘li birinchi o‘rinni egalladi. Yuqori natijani qo‘lga kiritganlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Musobaqa g‘olibi Abdurashid qori haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Abdurahimov Abdurashid Qori Abdulhakim o‘g‘li 1996 yil 29 iyun kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. Ilk bor otasida, so‘ng Andijon Qur’on ustozlaridan marhum Husayn Qoridadani qo‘l ostida tahsil olgan.

2012 yilda Qur’onni to‘liq yod olgan.

U ustozidan keyin u kishining o‘g‘li Ayubxon qorinining qo‘lida tahsilni davom ettirgan. Tijorat va tirikchilik maqsadida Koreyaga borgan qori Qur’on musobaqasining daragini eshitib, unda ishtirok etdi va xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreyada bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasida O‘zbekistonlik qori 1-o‘rinni egalladi