06:00 / 03.09.2018
4 793

Oʻzbekistonlik ayol jomadon ichida Turkiyaga kirmoqchi boʻldi (video)

Oʻzbekistonlik ayol jomadon ichida Turkiyaga kirmoqchi boʻldi (video)
Gruziya-Turkiya chegarasidagi “Sarpi” oʻtish punktida 27 yoshli ayol jomadon ichida Turkiyaga hududiga kirmoqchi boʻlganida qoʻlga tushdi.

Xabar qilinishicha, Turkiya chegarachilari 24 yoshli Gruziya fuqarosi olib oʻtayotgan katta qora jomadonga eʼtibor qaratishgan. Chegarachilar undan jomadonni ochishni soʻrashgan va uning ichidan 27 yoshli oʻzbekistonlik ayol chiqib kelgan. Ayolga Turkiya hududiga kirish man qilingani sababli u mamlakatga noqonuniy yoʻl bilan kirmoqchi boʻlgan.

Qonunbuzarlar qoʻlga olingan, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik ayol jomadon ichida Turkiyaga kirmoqchi boʻldi (video)