13:57 / 09.09.2018
5 052

Tungi klublar davlatga aslida qancha soliq toʻlashi lozim edi?

Tungi klublar davlatga aslida qancha soliq toʻlashi lozim edi?
Toshkent shahrida bugungi kunda 40 ga yaqin tungi klublar mavjud. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida “Tungi klublardagi reyd: U madaniyat oʻchogʻimi yoki fahsh?” deb nomlangan koʻrsatuvda batafsil maʼlumot berildi.

Tungi klublar yagona soliq toʻlovchi boʻlib, joriy yilda davlatga 1 milliard 300 million soʻm yoki oyiga oʻrtacha 226 million soʻmdan soliq toʻlagan. Biroq, Davlat soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra kechdan tonggacha ishlayotgan bunday subyektlarda eng kam hisobda tushumlar oʻrtacha toʻrt barobargacha yashirilayotganligi kuzatilgan. Agar bu raqamlarni 6 oyga koʻpaytiradigan boʻlsak, haqiqiy tushum - 54 milliard 200 million soʻmni tashkil etadi.

Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari iqtisodiy jinoyatlar hamda voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida poytaxtimizdagi bir necha tungi klublarda tezkor tadbir oʻtkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tungi klublar davlatga aslida qancha soliq toʻlashi lozim edi?