27 dekabr kuni soat 08:35larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi haydovchisi O.K. o‘zining boshqaruvidagi oq rangli, davlat raqami 95 665 XAA bo‘lgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasini boshqarib borayotib, Xo‘jayli tumani, «Amudaryo» OFY hududidan o‘tuvchi, A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 810-811 kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘siqqa urilgan va yo‘l transporti hodisasi sodir etishi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz ga xabar berishicha, yo‘l transport hodisasi natijasida avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Mashina ichida bo‘lganlarning barchasi, haydovchi Q.O., yo‘lovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari R.X., «Tuyamo‘yin Nukus» DUK boshqarma direktori o‘rinbosari T.Z. va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi umumiy bo‘lim yetakchi mutaxassisi A.D. voqea joyida vafot etgan.
Aniqlik kiritilishicha, yong‘in avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida kelib chiqqan.
Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Xo‘jayli tuman prokurori va boshqa tergov-tezkor xodimlari chiqib, ko‘zdan kechirilgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan fuqarolar Q.O., R.R., T.Z. va A.D. murdalariga sud-tibbiy ekspertizasi va DNK ekspertizalari tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi