Davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi. Hozir mehmonxona binosini boshqaruvchi «Otel O’zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasida 80,13% davlatga tegishlidir.
Boshlang‘ich narx - 33 million dollar. Maksimal to‘lov muddati - 3 yil. Xaridor ikki yil mobaynida 100 milliard so‘m mablag‘ kiritish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘ziga olishi kerak. Bu mablag‘ mehmonxonani modernizatsiya va agar zarurat tug‘ilsa, rekonstruksiya qilish uchun kerak.
Yangi mulkdor 10 yil davomida faoliyatning asosiy turini (mehmonxona xizmatlari) saqlab qolishi, bino tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi va mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejerlarni jalb qilishi shart. Tanlovda ishtirok etish uchun dastlabki narxning kamida 15 foizi miqdorida garov puli kiritish lozim.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston» mehmonxonasi - Toshkent markazida 1974 yilda qurilgan mehmonxona. Ushbu to‘rt yulduzli mehmonxona hali ham shaharning eng taniqli ob’ektlaridan biridir. Mehmonxonada 223 xona mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi