
Davlatimiz rahbarining ijtimoiy, manaviy-ma’rifiy sohalaridagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbuslarini amaliyotga tadbiq etishga maqsadida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida bo‘lib o‘tgan tadbir 5 ta tashabbusning Ohangaron shahar tajribasi deb nomlandi. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi va Ohangaron shahri hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir chinakam yoshlar bayramiga aylanib ketdi.
5 ta yo‘nalishga bo‘lingan ushbu tadbirning ilk manzili Ohangaron shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. Bu yerda birinchi tashabbus - yoshlarni musiqa, rassomchilik, raqs va san’atning boshqa turlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida “San’at festivali” tashkil etildi. Mazkur festivalda 1000 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdilar.

- Bunday festivallarning tashkil etilishi yoshlarning yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda turtki bo‘lmoqda. To‘g‘risi, qizimning san’atga bo‘lgan qobiliyatidan xabarim yo‘q edi, bugun farzandim va uning tengdoshlari tomonidan sahnada namoyish etilgan ijodiy ishlarni ko‘rib, ko‘zlarim quvondi. Albatta qizimni musiqa to‘garaklariga olib boraman, -deydi Roziya Qurbonova.


Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan sport musobaqalari “San’at festivali” ga ulanib ketdi. Tadbir doirasida zamonaviy futbol maydonining yoshlar ixtiyoriga topshirilganligi o‘quvchilar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.



Axborot kommunikatsion texnologiyasiga qiziqqan yoshlar uchun Ohangaron shahrining Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazida kompyuter savodxonligidan mahorat darslari olib borilganligi uchinchi tashabbus ijrosini ta’minlashga qaratildi. Mahorat darslarida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish etikasi haqida tushuntirishlar berildi.

To‘rtinchi tashabbus - Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i va Ohangaron shahar hokimi tomonidan festival ishtirokchilariga 100 dan ortiq jahon va o‘zbek adabiyoti namunalaridan sovg‘a qilinganligi ishtirokchilar uchun unutilmas voqea bo‘ldi.
- Tahlillarga e’tibor bersak, yoshlar ishtirokidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning aksariyati bekor qolgan yoshlar tomonidan sodir etilayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu bois ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdik—deydi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Qurbonov.
Beshinchi tashabbus - xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida har bir oilaga uyma-uy yurish orqali ishsiz xotin-qizlar aniqlanib ularning ro‘yxati shakllantirildi. Joriy yilning bugungi kun holatiga ko‘ra og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 243 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Mutaxassisligi bo‘lmagan xotin-qizlar “Limaks” korxonasiga ishga joylashtirildilar.
Shuningdek, Ohangaron shahrida yashovchi 4 nafar nogironligi bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda yashayotgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan muhtoj oilalar uy-joy bilan ta’minlandi. Jumladan, tadbir davomida 2-guruh nogironi bo‘lgan Vasila Nurumbetovaga Ohangaron shahar Yangilik MFY 50-a muyulish, 1-uy, 7-xonadondan, 2 xonali uyning kaliti tantanali ravishda topshirildi.
- Sevinchimni so‘z bilan ifodalab bera olmayman, - deydi Vasila Nurumbetova. Shu paytgacha bitta uyda 3 ta oila istiqomat qilib kelar edik. Yashash sharoitimiz ham ancha qiyin edi, bugun bizga berilgan zamonaviy xonadonda hamma qulayliklar borligini ko‘rib ko‘zlarimga yosh keldi. Mana shunday imkoniyatni taqdim etgan tashkilotchilarga rahmat.
Muxtasar aytganda, mutasaddi tashkilotlar tomonidan beshta muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ezgu ishlar hali uzoq davom etadi.
Toshkent viloyati DSB axborot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar