22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev ishtirokida «Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, shuningdek, iste’mol savatchasi hisobi hamda tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor» mavzusida OAV vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Garchi anjuman mavzusida bu alohida o‘rin tutgan bo‘lsada, vazir o‘zining asosiy nutqida iste’mol savatchasi to‘g‘risida umuman to‘xtalmadi. Ammo jurnalistlarning qator savollari aynan mana shu masalaga qaratildi.
Botir Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, iste’mol savatchasi dunyo iqtisodiyotida amal qilinishi majburiy ko‘rsatkich emas.
«O‘zbekistonda iste’mol savatchasi degan tushunchani joriy qilish taxminan 2021 yillarga mo‘ljallanmoqda. Hozir ham iste’mol savatchasi va yashash uchun eng kam miqdor tushunchalari test tizimida sinab ko‘rilmoqda va so‘rovnomalarga ko‘ra ular 650 ming va 800 ming so‘mni tashkil qiladi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Iqtisodiyotga oid muammolarga to‘xtalarkan vazir shunday ma’lumotlarni keltirdi: «20 mingdan ortiq korxona o‘z loyiha quvvati darajasida ishlamayapti, 2800tasida esa ishlab chiqarish umuman to‘xtagan. Holbuki rejamizga ko‘ra 2030 yilga kelib sanoat salmog‘i 5 barobar oshishi kerak. Bunda o‘sish 30 foiz oziq ovqat, 30 foiz nooziqovqat mahsulotlari, 40 foiz xizmatlar ulushiga to‘g‘ri kelishi lozim. Yana bir muammomiz ishlab chiqarishda energiya sarfi juda yuqori, rivojlangan davlatlarga nisbatan 3 barobargacha baland». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi