00:51 / 01.04.2020
4 578

Ishxonaga velosipedda qatnayotgan deputat «okalar»ga tagdor gap qildi

Ishxonaga velosipedda qatnayotgan deputat «okalar»ga tagdor gap qildi
Rasul Kusherboyev.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ishga velosipedda qatnamoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Bu hol deputatga ko‘pam ma’qul tushmagan ko‘rinadi. Buni tarmoqda yozgan gapi ohanglaridan ilg‘ash qiyin emas: «Karantin sabab Parlament va deputatlar boshqa idoralardan farqli o‘laroq, avtotransportda yurishdan mahrum qilingan bir paytda «dux»ni cho‘ktirmay, zarur bo‘lganda ishga velosipedda kelishga o‘tvoldik. «Zato» sog‘liqqa ham foyda»!

Deputatning kinoyalari keyingi jumlalarda yanayam yaqqolroq seziladi: «...Yaltiragan mashinalarida yurgan idoralardagi «okalarimiz» karantin qo‘l keldi, deb ishqilib deputatlarni velosipedda yurishdanam mahrum qilib qo‘ymasa bo‘ldi. Unda u yog‘iga «peshkom», lekin qaytish yo‘q!».
Suratda niqobim bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishxonaga velosipedda qatnayotgan deputat «okalar»ga tagdor gap qildi