AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
G‘iyosovning aytishicha, 4 aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 1973 y.t. fuqaro, o‘zining yuk mashinasida qishloq-xo‘jalik mahsuloti bilan birga 4 nafar fuqaroni belgilangan cheklovlarga zid ravishda Toshkent shahriga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Har biridan 50 000 so‘mdan olgan.
Shunga o‘xshagan karantin qoidalarini buzish harakatlari Toshkent shahriga kirish postlarining o‘zida 20 dan ko‘p holatda aniqlangan. Undan tashqari, Termiz, Namangan, Samarqand, Buxoro shaharlariga ham kirib-chiqishda bunday holatlar bir necha marotabalab aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahriga kirib kelmoqchi bo‘lgan, boshqa viloyatlarda tergov va suddan yashiringan 3 ta QIDIRUVDAGI SHAXS ushlangan hamda 4 ta holatda Toshkent shahrida sotishga mo‘ljallangan NARKOTIK VA PSIXOTROP moddalarni olib kirish holatlari aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarliklarning barchasi yuk tashish mashinalaridan foydalanib sodir etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan ushlangan fuqarolarga bog‘liq holatni nazoratga oldi
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi