Ziroat Mirziyoyeva.
Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi.
«Zamin» fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek xalqaro tashkilotlarning grantlari Fond mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi. Fond atrof-muhitni muhofaza qilish, eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ammo hozirgi vaziyat o‘z hukmini o‘tkazmoqda.
Bugun ko‘mak berishning ayni vaqti ekannini anglagan holda, fond vasiylik kengashi a’zolari xayrli ishga hissa qo‘shishga qaror qildilar.
Shu bois loyihalarga jalb qilingan mablag‘lar og‘ir ahvolda qolgan ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Besh milliard so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘i O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj besh ming nafar ayolga yo‘naltirildi.
«Xavfsiz va o‘z vaqtida berilgan ushbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tushib qolganlarga umid baxsh etsin, mehr va muruvvat oyi bo‘lmish muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonch va tabassum hadya qilsin», — deya izoh berdi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.
Bu yil, koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan bir vaziyatda muhtojlarga yordam va muruvvat ko‘rsatish har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat kasb etib, O‘zbekiston xalqini yanada jipslashtirish va barcha sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tish imkonini beradi. Faqat shu tarzda, mehr-oqibatli odamlarning ko‘magida, birgalikda va hamjihatlik bilangina qiyinchiliklarni yenga olamiz.
Ma’lumot uchun:
«Zamin» xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekistonda asos solingan. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish va aholi turmush darajasini oshirish. Fond faoliyati haqida batafsil ma’lumotni www.zaminfoundation.ngo rasmiy veb-saytidan olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi