Foto: «Zen.yandex.ua»
Niderlandiyalik shifokorlar K vitamini past darajasi bilan koronavirusning jiddiy asoratlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi, deya xabar berdi «Dutch News» nashri.
«Virusdan vafot etgan yoki asoratlar tufayli intensiv terapiyaga tushib qolgan bemorlarda K vitamini darajasi sog‘lom odamlarga qaraganda ancha kam bo‘lganligini aniqladik. K vitamini bilan kasallik rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik bor deb o‘ylaymiz», — dedi Neymegen shahar shifoxonasi o‘pka bo‘yicha mutaxassis Rob Yansen.
Neymegen shahar shifoxonasi koronavirus bilan K vitamini o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
«K vitamini kasallik alomatlarini yengillashtirishga yordam berganida juda soz bo‘lardi. Biroq bu xavfsiz bo‘lishi zarur. Masalan, trombozi bor yoki qonni suyultiruvchi preparatlarni ichuvchi kishilar uni qabul qilolmaydi», — deya qo‘shib qo‘ygan shifokor.
Masalan, tuxum yoki ismaloq tarkibidagi K vitamini qonning me’yorda ivishini ta’minlaydi, shuningdek, organizm to‘qimalarida oqsilning sintez yo‘li bilan hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi