15:33 / 10.06.2020
2 205

Adliya vazirligi respublika hududlaridagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti reytingini e’lon qildi

Adliya vazirligi respublika hududlaridagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti reytingini e’lon qildi
Hukumat qaroriga (2020 yil 8 yanvardagi 8-son) asosan Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berishga qaratilgan “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini sinov tariqasida ishga tushirdi.

Baholashda ikkita asosiy manbaga: tegishli idoralarning rasmiy statistik ma’lumotlari hamda tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga tayanildi.
Xususan, tizimda sinov tariqasida o‘tgan 2019 yilning yakunlari bo‘yicha hududlarning, jumladan har bir tuman va shaharda ishbilarmonlik muhiti baholandi.

Baholash jami 29 ta ko‘rsatkichlar (indikatorlar) asosida amalga oshirilib, shundan 25 tasi tegishli idoralarning statistik ma’lumotlari, qolgan 4 tasi 17 mingdan ortiq tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida hisoblandi.

Asosiy indikatorlar jumlasiga tadbirkorlarning yalpi hududiy mahsulotdagi hamda Davlat budjetiga kelib tushgan tushumlardagi ulushi, tadbirkorlar tomonidan aholini ish bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Ishbilarmonlik muhitini baholash mezonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hukumat qarorida ko‘rsatilgan bo‘lib, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan.

Mazkur reyting sinov tariqasida ishlab chiqilgan, ya’ni demo versiyada. Ushbu demo reyting dastlabki natijalariga asosan kuchli 5 talik quyidagi hududlardir:
1. Toshkent shahri
2. Navoiy viloyati
3. Buxoro viloyati
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
5. Samarqand viloyati

Adliya vazirligi barcha ekspertlar, mutaxassislar va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillarini mazkur tizim va baholash mezonlari yuzasidan o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashishga chorlaydi. Taklif va mulohazalarni [email protected] elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Reyting natijalari internet tarmog‘ida https://demo.b-indicator.uz/ manzilida joylashtirilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi respublika hududlaridagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti reytingini e’lon qildi